Ta’kidlash joizki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari BRMga erishish uchun zarur bo‘lgan aloqa, muvofiqlashtirish, monitoring va innovatsiyalarni joriy qilishda muhim o‘rin tutadi.
2023 йил 13 декабрь куни “Медиасаводхонлик бўйича Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Девонининг ходимлари салоҳиятини ошириш” мавзусидаги ўқув курси бўлиб ўтди
2023 йил учун Республика ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятининг ахборот жиҳатдан очиқлиги юзасидан ўтказилган мониторинг натижалари эълон қилинди. Унга кўра Рақамли технологиялар, Адлия, Ички ишлар ва Иқтисодий ва молия вазирликлари фаолияти ахборот жиҳатдан очиқлик талабларига мос келган ҳолда...
Новости
Каждый день мы публикуем для вас самые важные новости из мира технологий в Узбекистане. Мы стремимся быть надежным и достоверным источником объективной и проверенной информации. Все, что мы делаем - мы делаем в интересах наших читателей и подписчиков.
Deputatlar yangi nom bilan kirgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlashga, garov narsasini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga, majburiyatlarni garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirishga va kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.
Qonun bilan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tashkiloti oldidagi majburiyatini bajarish bo‘yicha kafolatlar (kafilliklar) berish orqali tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni tashkil etish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.
"O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun bilan Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
"Qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.