Trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo'laklardan avtotransport vositasida foydalanish jarimaga sabab bo'ladi

127
1 минута
Trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda avtobuslar uchun ajratilgan maxsus yo'laklardan avtotransport vositasida foydalanish jarimaga sabab bo'ladi
2025-yil 10-aprel kuni "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni e'lon qilindi. Qonunga muvofiq Keyingi yillarda mamlakatimizda yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar yo‘lkalaridan, velosiped yo‘lkalaridan va yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan boshqa transport vositalari harakatlanganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yangi 128-7-moddasi qo'shilmoqda. Ushbu moddaga ko'ra yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qayd etilishicha ushbu Qonun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga, yo‘llarda jamoat transporti harakatlanishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilishiga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...