Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga ham o‘z navbatida o‘zlari yasagan zargarlik buyumlarining xomaki mahsulotlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqi berilmoqda. Qolaversa, yuridik va jismoniy shaxslardan qimmatbaho metallarni va zargarlik buyumlarini sotib olish faoliyati vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshirishi belgilanyapti.
Bundan tashqari, Qonun bilan xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotuvga qo‘yish hamda chakana savdoda realizatsiya qilish taqiqlanmoqda.
Ushbu Qonun zargarlik sanoati korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni ta’minlashga, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek aholining sifatli zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantirishga xizmat qiladi.