Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishga qo'shimcha talablar qo'yilmoqda

167
1 минута
Qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishga qo'shimcha talablar qo'yilmoqda
Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini, shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talabning belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuni 12-moddasiga quyidagi mazmundagi 6 - 10-bandlar bilan to‘ldirilmoqda:
“6) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
7) xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi — xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
8) qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa;
9) qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida to‘ldirilgan cheklist;
10) qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari to‘g‘risidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi majburiy bo‘lmagan qonun loyihalari mustasno”;
15-moddasiga quyidagi qo'shimcha kiritilmoqda:
Qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti o‘zi kiritgan qonun loyihasini qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar chaqirib olish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli. Qonun loyihasini chaqirib olish to‘g‘risidagi masala Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ushbu Qonun qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati sifatini oshirishga, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini mustahkamlashga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...