27-iyun O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

906
1 минута
27-iyun O'zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Hurmatli jurnalistlar, blogerlar, muharrirlar va ommaviy axborot vositalari sohasida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi ustozlar!
"Mening parlamentim" portali Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi!
Ommaviy axborot vositalari – bu jamiyatning ko‘zgusi, erkin fikr va ochiq muloqot maydoni, demokratik qadriyatlarning asosi sanaladi. Bugungi kunda sizning fidokorona mehnatingiz tufayli jamiyat voqeligi yoritilmoqda, haqiqat ifoda topmoqda, ijtimoiy fikr shakllanmoqda.
Sizlarning haqqoniy va mas'uliyatli yondashuvingiz tufayli fuqarolar axborot olish huquqiga ega bo‘lmoqda, shuningdek, davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq aloqalar mustahkamlanmoqda. Ushbu kasbiy bayramda barchangizga mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar, erkin so‘z va haqiqatni himoya qilish yo‘lidagi mashaqqatli faoliyatingizda omad tilaymiz. Qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz xalq dardiga hamohang bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
  • Комментарии
Загрузка комментариев...