Garov bilan bog'liq munosabatlar yuzasidan yangi qoidalar belgilanmoqda

310
1 минута
Garov bilan bog'liq munosabatlar yuzasidan yangi qoidalar belgilanmoqda
2025-yil 22-aprel kuni "Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko'ra amaliyotda kredit (ipoteka) shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni qarzdor tomonidan o‘z vaqtida va (yoki) lozim darajada bajarilishini, kreditorning garov bilan ta’minlangan talablari qondirilishini, sud tartibida va suddan tashqari tartibda undiruvni garov narsasiga qaratishni, garovga oluvchining garov narsasiga bo‘lgan huquqlari ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Qonun bilan “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga quyidagi qo'shimcha kiritlmoqda:
“Garov bilan ta’minlangan majburiyatning buzilishi quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lgan taqdirda, juda arzimas deb hisoblanadi:
1) agar garov bilan ta’minlangan, qarzdor tomonidan qoplanmagan majburiyatning summasi garov qiymatining o‘n besh foizidan kamroqni tashkil qilsa;
2) agar garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilishining kechikishi ketma-ket uch oydan oshmagan bo‘lsa”.
Ushbu Qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlashga, garov narsasini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga, majburiyatlarni garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirishga va kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...