Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga aholining sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini, shuningdek ularga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashdan, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni va dunyoviylikni ta’minlashdan iborat.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo'lishi mumkin.
2025-yil 14-fevraldan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonun kuchga kirdi. Unga ko'ra homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bog‘liq sababga ko‘ra nafaqat ishga qabul qilishni rad etish yoki ish haqini kamaytirish, balki ishdan bo‘shatish ham taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.