Qurilish natijasida havoni ifloslantirgan quruvchi tashkilotlar rahbarlariga chora ko'riladi

119
1 минута
Qurilish natijasida havoni ifloslantirgan quruvchi tashkilotlar rahbarlariga chora ko'riladi
2025-yil 3-mart kuni "Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish haqida"gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga yangi 85-1-modda kiritildi. Unga ko'ra o‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish 3 mln 750 mingdan 18 mln 750 minggacha jarimaga sabab bo'ladi. Qonun 2025-yil 5-iyundan kuchga kiradi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...