2025-yil 28-fevral kuni "Donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Qonunga ko'ra “Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini, shuningdek ularga shahar yo‘lovchilar transportidan (bundan yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.