fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi

217
1 минута
fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi
2025-yil 25-fevral kuni "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qonuni mamlakat prezidanti tomonidan imzolandi. Qonunga ko'ra O‘zbekiston Konstitutsiyaga ko'ra O‘zbekiston dunyoviy davlat ekanligi qayd etilgan. Qonunda O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashdan, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni va dunyoviylikni ta’minlashdan iboratligi belgilangan. Shu bilan birga, Qonunda davlat boshqaruvi, iqtisodiyotni tartibga solish, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, nikoh institutini tartibga solish hamda ijtimoiy axloq va xulq-atvor normalarini  shakllantirish yo'nalishida dunyoviy davlatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va mexanizmlari belgilanmoqda.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...