Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish imkoni yaratilmoqda

136
1 минута
Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish imkoni yaratilmoqda
2025-yil 11-mart kuni O'RQ-1047-sonli yangi Qonun e'lon qilindi. Qonunga ko'ra videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish orqali protsessual qonunchilikni takomillashtirish maqsad qilingan. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 209-moddasiga, Iqtisodiy protsessual kodeksining 166-moddasiga hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasiga "Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishini ta’minlash uchun ko‘rsatilgan shaxslarning yashash joyi, joylashgan yeri yoki turgan joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoxud ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalaniladi" degan norma kiritilmoqda. Ushbu Qonun fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirishga, fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklari, shuningdek qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...