Navbatdagi ekspertlar yigʻilishi kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan oʻtkazildi

820
2 минуты
Navbatdagi ekspertlar yigʻilishi kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan oʻtkazildi
     Keyingi yillarda respublikamizda axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan ishonchli himoya qilinishini taʼminlash sohasida mustahkam huquqiy asoslar yaratildi.
     Joriy yilning 8 aprel kuni “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi yuzasidan Jamoatchilik kengashi huzuridagi ekspertlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
     Qayd etilganidek bugungi kunda mobil bank tizimlari fuqarolar va tashkilotlar hayotining turli sohalariga kirib, moliyaviy va boshqa xizmatlarni taqdim etishning yanada ilgʻor shakllari va usullariga aylantirildi. Shunga qaramay, raqamlashtirishning global kengayishi fonida kiberjinoyatlar dinamikasida sezilarli oʻsish kuzatilib, respublika kibermakoni konturlarida, ayniqsa kredit, moliyaviy va bank sektorlarida potensial xavflar va zaifliklar kuchaymoqda.
     Maʼlumot uchun: qonun loyihasi bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksga, “Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi bir qator qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kredit tashkilotlarining, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatida kiberxavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq normalar bilan toʻldirilmoqda.
     Ekspertlarning fikriga koʻra qonun loyihasini takomillashtirishda kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, koʻrib chiqilayotgan sohani huquqiy, tashkiliy, ilmiy-texnik va meʼyoriy-uslubiy taʼminot tizimini takomillashtirish, shu jumladan toʻlov tizimi operatorlari, kredit va toʻlov tashkilotlari, valyuta birjalari va kredit byurolarining axborot tizimlari va resurslarining yaxlitligini taʼminlash, bank va elektron hukumat tizimida kiberxavfsizlikni taʼminlash, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman olganda respublika moliya sektorining kiberxavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratish lozim.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...