Qayd etish joizki so'nggi yillarda axborot olish va so'z erkinligini ta'minlash yuzasidan qator islohotlar amalga oshirildi. Sohaning qonuniy asoslari takomillashtirilganidan so'ng Yurtimizda OAVlar soni keskin oshdi. E'tibor bering, 2016-yilda yurtimizda faoliyat olib borgan ommaviy axborot vositalar soni 1514 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 2000 taga yetdi. Nodavlat, xorijiy OAVning sonini ko‘payishi, milliy axborot makonimizning liberallashuvi va fikrlar xilma-xilligini ta’minlanishida muhim omil bo‘lmoqda.
Shuningdek, davra suhbatida ommaviy kommunikatsiyalar sohasi hamda sun'iy intellekt yo'nalishida katta tajribaga ega mutaxassislar fuqarolar va OAV bilan bo'lgan strategik aloqalarda ijtimoiy tarmoqlarning o'rni yuzasidan tushuntirishlar berib o'tishdi. Ta'kidlanishicha, milliy parlament vakillarining zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishlari ularning saylovchilar bilan strategik aloqalari hamda qonun loyihalarini ishlab chiqish sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan parlament faoliyati samaradorligini oshirishda sunʼiy intellekt va Big Data imkoniyatlariga katta qiziqish bildirildi.