Zargarlik buyumlari importidan QQS olib tashlanmoqda

240
1 минута
Zargarlik buyumlari importidan QQS olib tashlanmoqda
Prezident Sh. Mirziyoyev yangi qonunga imzo qo‘ydi. Xo‘sh yangi qonun nimani nazarda tutadi va aholiga foydasi qanday?
2024 yilning 14 may sanasida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi. Qonun bilan  Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi. Quvontiradigan joyi shundaki, Qonunning zargarlik faoliyatiga oid qismi 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.
Qayd etish joizki zargarlik sanoati har qanday davlat iqtisodiyoti va madaniy hayotida muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat insonlarni ish bilan ta’minlab, xazinaga mo‘may daromad keltiradi, balki milliy-madaniy merosning muhim qismidir.
Zargarlik sanoati mamlakat YAIMga katta tushum olib keladi. U yirik fabrikalardan tortib kichik ustaxonalargacha bo‘lgan turli miqyosdagi korxonalarni o‘z ichiga oladi, bu yesa o‘z navbatida aholini ish bilan ta’minlash va tegishli tarmoqlarning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
Qolaversa zargarlik buyumlari jahon bozorida katta talabga ega mahsulot hisoblanadi. Zargarlik buyumlari eksporti mamlakatga valyuta olib kelish va xalqaro maydonda raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.
Ushbu Qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xomashyo resurslari bilan ta’minlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...