Qonun bilan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilmagan, biroq O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini tark etib surishtiruv, dastlabki tergov yoxud suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi mumkinligiga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklab qo‘yish tartibi belgilanmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2025-yil 12-avgustdagi yig'ilishida "Sun’iy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
Maishiy korrupsiya — bu odamlarning kundalik hayotida uchraydigan, ko‘pincha kichik miqdordagi pul, sovg‘a yoki xizmat evaziga noqonuniy imtiyozlar olish yoki berish amaliyotidir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligining axboroti eshitildi.