Shuningdek, konsert-tomosha dasturida ijrochilar va asar mualliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi shartliligi belgilanyapti. Qolaversa, konsert-tomosha tadbiri tashkilotchilari konsert boshlanishidan oldin fonogrammadan foydalanish darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan audioxabar tarqatilishini ta’minlashga oid normalar belgilanishi ko‘zda tutilmoqda
Qonun loyihasi konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga, jonli ijro san’ati rivojlanishiga, iste’dodli ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va jonli ijroni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy qilishga xizmat qiladi.
Ayni paytda mazkur qonun loyihasi mas’ul qo‘mita tomonidan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisiga muhokama qilish uchun tayyorlanmoqda.