Seminar davomida senator Boriy Alixanov maʼruza qilib, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi, shuningdek, Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi intensivligini baholash bo‘yicha qo‘mita ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya bilan tanishtirdi.
Senator, shuningdek, qo‘mita ekspertlari tomonidan iqlim o‘zgarishini o‘rganish bo‘yicha mavjud usullarni tanqidiy ko‘rib chiqish hamda ushbu mintaqada uning intensivligini baholash nazariyasi va formulasi ishlab chiqilganini taʼkidladi.
Seminarning “Iqlim o‘zgarishining ekotizimlarga taʼsiri” va “Xalqaro hamkorlik va iqlim o‘zgarishiga moslashishni huquqiy tartibga solish muammolari” mavzulariga bag‘ishlangan seksiya majlislarida ekotizimlarning moslashuvining dolzarb masalalari va xalqaro hamkorlikni faollashtirish zaruriyati kabilar shuningdek, MDH davlatlarining bu boradagi qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha parlamentlar, hukumatlar, xalqaro va milliy tashkilotlarga yo‘llangan tavsiyalar qabul qilindi.