Parlament tomonidan sun'iy intellektni tartibga soluvchi birinchi qonun qabul qilindi
Mening parlamentim
482
1 минута
2025-yil 12-avgust kuni xalq vakillari tomonidan O'zbekistonda sun'iy intellektni tartibga soluvchi birinchi Qonun qabul qilindi. Qonunda insonning huquq va erkinligiga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqatgina sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan axborot resurslari va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosasiga tayanib qolish mumkin emasligi o‘z aksini topmoqda. Shuningdek, unda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va uni OAV hamda Internetda tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti. Qonunning qabul qilinishi sun'iy intellektdan foydalanishni yanada rivojlantirish, uni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish, bu yo‘nalish bo‘yicha yangi qonun hujjatlarini qabul qilish, sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish va tarqatishning oldini olishga xizmat qiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamentiga ko'ra mazkur Qonun Oliy Majlis Senatiga 10 kun ichida yuboriladi va Senat tomonidan 60 kun ichida ko'rib chiqilishi lozim. Shundan so'ng Prezidentga imzo uchun kiritiladi.