Unda deputatlar, Innovatsion rivojlanish agentligi, “Aql markazlari” vakillari hamda soha ekspertlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda mamlakatimizda mavjud yetakchi aql markazlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ularning salohiyatini oshirish uchun yaratilayotgan qo‘shimcha shart-sharoitlar xususida so‘z bordi. Xususan, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari bilan bog‘liq masalalar hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Munozaralar davomida “Aql markazlari” vakillari tomonidan sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, bugun turli yo‘nalishlarda izlanishlar olib borayotgan aql markazlarining tahliliy o‘rganishlari va ularda mavjud ma’lumotlarni yagona elektron tizimga integratsiyalashtirish taklifi bildirildi.
Ushbu takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ular bo‘yicha amaliy yechimlar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda shuningdek, “aql markazlari” faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy-tadqiqot natijalarini davlat boshqaruvi tizimida qo‘llash, tahlil va tavsiyalar orqali qonun ijodkorligi jarayoniga ilmiy asoslangan yondashuvlarni joriy etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Behzod TO‘XTAMURODOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
— “Aql markazlari” vakillari bilan muloqotimiz o‘zaro tajriba almashish hamda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, bunday uchrashuvlar mamlakatimizda innovatsion rivojlanish siyosatini amalga oshirishda tahlil markazlarining o‘rni va ahamiyatini oshirish, bu boradagi ishlarni yana faollashtirish, sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Yakunda “aql markazlari” bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.