Markaziy Osiyo parlamentlararo forumi: II-raund

1 минута
Markaziy Osiyo parlamentlararo forumi: II-raund
Forumda Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlari va aʼzolari, parlament devonlari rahbarlari, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari, BMT Bosh kotibining maxsus vakili Kaxa Imnadze, mahalliy Kengashlar deputatlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Forum yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Yalpi majlisdan so‘ng forum o‘z ishini 4 ta sessiya doirasida davom ettirdi.

Anjumanda Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida parlamentlararo komissiyalar va do‘stlik guruhlarining ishini faollashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlashda mahalliy vakillik organlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash, ayollarning, shu jumladan parlament ayol aʼzolarining mintaqa rivojlanishidagi faol ishtirokini taʼminlash, yosh parlament hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisining Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Forum yakunlari bo‘yicha Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...