Forum yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Yalpi majlisdan so‘ng forum o‘z ishini 4 ta sessiya doirasida davom ettirdi.
Anjumanda Markaziy Osiyo mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida parlamentlararo komissiyalar va do‘stlik guruhlarining ishini faollashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini taʼminlashda mahalliy vakillik organlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash, ayollarning, shu jumladan parlament ayol aʼzolarining mintaqa rivojlanishidagi faol ishtirokini taʼminlash, yosh parlament hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, ularning loyiha va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisining Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.
Forum yakunlari bo‘yicha Xiva deklaratsiyasi qabul qilindi.