Qonun bilan yangi unvon ta'sis etildi

101
1 минута
Qonun bilan yangi unvon ta'sis etildi
2024-yil 30-avgust kuni prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etish to'g'risida"gi Qonuni imzolandi.
Mazkur unvon biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek faoliyatida davlat organlari bilan hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari rahbarlariga hamda ta’sischilariga beriladi.
Ko'krak nishonning parametrlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ushbu unvon O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tavsiyasi asosida taqdim etiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...