“Elektron ishtirok – raqamli davlat xizmatlari barcha uchun”

1
2 минуты
“Elektron ishtirok – raqamli davlat xizmatlari barcha uchun”
Joriy yilning 22-avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Axborot-texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi hamkorligida Samarqand shahrida “Elektron ishtirok – raqamli davlat xizmatlari barcha uchun” mavzusida seminar tashkil qilindi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad davlat tomonidan koʻrsatiladigan raqamli xizmatlardan foydalanishda tenglikni ta’minlash, imkoniyati cheklangan insonlar uchun yanada qulayliklar yaratishdan iborat. Seminarda xalq vakillari, Vazirlik xodimlari va Assotsiatsiya vakillari raqamli davlat xizmatlarining huquqiy kafolatlari, inklyuziv raqamli xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba hamda O‘zbekistonda mavjud davlat elektron platformalari, amaldagi holat va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Qayd etilishicha yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston ijtimoiy davlat deb e’lon qilindi. Bu esa davlat siyosatidagi asosiy ustuvor yo‘nalish har bir inson uchun munosib turmush sharoitini yaratish, ayniqsa, ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashdan iboratligini anglatadi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida fuqarolar turmush sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan davrda raqamli xizmatlarni ko‘rsatishni takomillashtirish, raqamli infratuzilmani yaxshilash borasida qator farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ushbu tashabbuslar doirasida davlat elektron xizmatlari tobora qulay, foydalanuvchiga yo‘naltirilgan va ochiq shaklda rivojlantirilmoqda. Shunday sharoitda, raqamli davlat xizmatlarini taqdim etishda inklyuzivlikni ta’minlash, xususan nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, og‘ir hayotiy sharoitda qolgan oilalarni chetda qoldirmaslik, ijtimoiy davlatni qurishdek maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tamoyillar asosida bugungi kunda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portali hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida maxsus imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, ekran suxandoni, harflar oʻlchovini belgilash, diqqatni jamlash va fon rejimlari koʻrishda nuqsoni bor insonlar uchun qoʻshimcha qulayliklarni taqdim etadi.
Seminarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati filiali, O‘zbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Samarqand viloyati boʻlimi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etib, mazkur yoʻnalishda oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirishdi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...