
*2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
*2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;
*“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;
*2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;
*bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;
*kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;
*davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;
*hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.
Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
▫️yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
▫️yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
▫️yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
▫️muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
▫️bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
▫️har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat a’zosi hisoblanishi va boshqalar).
Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.