Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida qonun qabul qilindi

461
1 минута
Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida qonun qabul qilindi
"Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan:
ommaviy sportga jalb qilish va ommaviy sport tadbirlarini tizimli o‘tkazib borish, sport turlarini e’tirof etish va ularning reyestrini yuritish tartibini takomillashtirish, sport musobaqalari natijalariga qonunga xilof ravishda ta’sir ko‘rsatishning oldini olish va unga qarshi kurashish choralari belgilandi;
Milliy olimpiya va paralimpiya qo‘mitalarining huquqiy maqomi va vakolatlari, Paralimpiya, Surdlimpiya, Maxsus olimpiya va Ko‘zi ojizlar sporti harakatlariga doir masalalar qonun darajasida belgilab qo‘yilgan;
Sport federatsiyalarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, ularni reyestrga kiritish va chiqarish mezonlari, sport klublari va sport ligalarining huquqiy maqomi va faoliyat yuritish tartibi, trener, sport hakami va sport agentining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari ham o‘z ifodasini topgan;
Milliy antidoping agentligining huquqiy maqomi ham belgilanib, sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish tartibi takomillashtirilmoqda;
ish beruvchilar xodimlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratishi ko‘zda tutilyapti. Sport sohasidagi nizolarni esa sudgacha hal etish tartibini joriy qilish nazarda tutadi.
Qonunning qabul qilinishi sohani yanada rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportga oid munosabatlarni tizimli tashkil etish, amaliyotda mavjud bo‘lgan ayrim noaniqliklar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.


  • Комментарии
Загрузка комментариев...