Insonlarda yashil madaniyat shakllanmas ekan, atrof tabiiy muhitga zarar berganlik uchun jazo kuchayaveradi

74
1 минута
Insonlarda yashil madaniyat shakllanmas ekan, atrof tabiiy muhitga zarar berganlik uchun jazo kuchayaveradi

Ekologiya inqirozlari avval televideniye orqali tomosha qilinadigan hujjatli filmlar bo‘lgan bo‘lsa, bugun ushbu muammo uyimizga, har birimiz nafas olib turgan havoyimizga ham kirib keldi. O‘tgan bir necha yillar davomida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida misli ko‘rilmagan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shahar o‘sgani sari avtomobillar soni ham ko‘paymoqda. Yangidan yangi inshootlarni barpo etish maqsadida ayrim “uddaburon” shaxslar tomonidan yurtimizda yashillikni saqlab turadigan daraxtlarni kesish yoki ularni nobud bo‘ladigan darajaga keltirib qo‘yish singari harakatlar kuzatilmoqda.
Bunday xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida 2024-yil 29-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–916-sonli Qonun imzolandi.
Yangi Qonunga ko‘ra daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqqanlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Endilikda daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan (8 mln. 250 ming so‘m) ellik baravarigacha (16 mln. 500 ming so‘m), mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha (24 mln. 750 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Avval ushbu jarima fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda bo‘lgan.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...