Sunʼiy intellekt tartibga solinmoqda

1
1 минута
Sunʼiy intellekt tartibga solinmoqda
Joriy yilning 1-noyabr kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida “Sunʼiy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashabbus qilingan bo'lib 2025-yil  12-avgustda 3-o'qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborilgan edi. Shu yilning 1-noyabrida Senat mazkur Qonunni muhokamadan o'tkazdi.
Mazkur Qonun bilan tegishli qonun hujjatlariga, jumladan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga sunʼiy intellektni qo‘llash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, “sunʼiy intellekt” tushunchasiga huquqiy taʼrif berilmoqda, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari belgilanmoqda, axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari hamda ushbu texnologiyalardan foydalanishda shaxsga doir maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar belgilanmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga, undan foydalanishning umumiy asoslarini belgilashga hamda mazkur sohada yuzaga keladigan munosabatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.
Qonun bir ovozdan senatorlar tomonidan ma'qullandi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...