Ta’kidlanganidek, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tarkibidagi budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga hisobot davrida belgilangan maqsadlar uchun Davlat budjetidan 260 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Ular asosan TATU va uning oltita hududiy filiallari, to‘rtta akademik litseylari, TATU huzuridagi malaka oshirish markazi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Kosmik tadqiqot va texnologiyalar agentligi, shuningdek, yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olishi bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash uchun yo‘naltirilgan.
Shuningdek, 2025-yilning birinchi yarim yilligida belgilangan maqsadlar uchun Davlat budjetidan innovatsiyalarni, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish kabi masalalarga 294, 0 mlrd. so‘m ajratilgani haqida ma’lumotlar keltirildi.
Yig‘ilishda deputatlar Davlat budjetining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratish, ajratilgan mablag‘lardan o‘z vaqtida samarali foydalanish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini shakllantirishga kelishib olindi.