Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik kuchaydi!!!

965
1 минута
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik kuchaydi!!!
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik kuchaydi!!!
2024-yil 19-yanvar kuni Prezident Sh. Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi.
Xo‘sh mazkur Qonun o‘zida qanday normalarni aks ettiradi? Shu va boshqa savollarga maqola bilan tanishish jarayonida javob olishingiz mumkin.
Raqamli texnologiyalarning kundan-kunga rivojlanishi ijobiy natijalarga xizmat qilish bilan bir qatorda shaxslarning shaxsiy, iqtisodiy va boshqa konstitutsiyaviy huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib kelmoqda. Xususan bugungi kunda ayrim “uddaburon shaxslar” tomonidan insonlarning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy akkauntlariga havolalar yo‘llab, so‘ngra mazkur akkauntlarni yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish bilan tahdid qilib jabrlanuvchilardan moddiy mablag‘ yoki boshqa shartlarni bajarishni talab qilish singari holatlar ko‘payib bormoqda.
Shu bilan birga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini (IMEI kod) arzonroq xizmat evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, xorijga chiqib kelgan shaxslarning pasportlarini noqonuniy tarzda egallash va IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi insonlar safi ham tobora kengayib bormoqda.
Raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilayotgan shu va boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qator o’zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, Jinoyat kodeksining 165-moddasidagi tovlamachilikka oid jinoyatlar qatoriga jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish singari jinoyat turi kiritildi. Shu bilan birga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirishni oldini olishga qaratilgan
155-3-moddasi kiritildi.
Mazkur Qonun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning oldini olishga hamda sodir etiladigan jinoyatlar uchun jazoning muqarrarligini ta’minlashga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...