Shu bilan birga, temir yo‘l transporti xodimlariga ishining sayyor xususiyati bilan bog‘liq kafolatlar, kompensatsiyalar va ularga beriladigan imtiyozlar berilmoqda. Xususan, endi temiryo'l xodimlari qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar bilan bir qatorda temir yo‘l transportida har yilgi bepul yurishlari mumkin.
Qonun bilan yo'lovchilarning temiryo'l transportidan foydalanishlari bo'yicha huquqlari ham belgilandi. Qonunning 22-moddasiga ko'ra yo‘lovchi beshyoshgacha bo'lgan 1 nafar bolani hamda 30 kg bo'lgan yukni bepul olib yurish, chiptadan foydalanmaganda belgilangan tartibda to'lovni qaytarib olish, muddatini uzaytirish hamda chipta yo'qolgan taqdirda chipta dublikatini olish huquqiga ega. Qonun bilan yo'lovchilarning majburiyatlari ham belgilanmoqda, jumladan, yo'lovchi temiryo'l transportida doimo shaxsni tasdiqlovchi hujjat va chiptani olib yurishi, jamoat tartibiga, yo‘lovchi vagonlaridan va yo‘lovchilarni tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan obyektlardan foydalanish qoidalariga rioya etishi, shuningdek tashuvchining mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi va safar davomida ham, kutish joylarida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishi shart.