Mustaqillik – axborot va so‘z erkinligining kafolati

2800
2 минуты
Mustaqillik – axborot va so‘z erkinligining kafolati
2023 yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan "Mustaqillik – axborot va so‘z erkinligining kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda Qonunchilik palatasining deputatlari, Jamoatchilik kengashi a'zolar, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmas hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar mustaqillik, ayniqsa so'nggi yillarda O‘zbekistonda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish, axborot olish va uni erkin tarqatish maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar e'tirof etildi.
Qayd etilishicha O‘zbekistonning 32 yillik tarixiga nazar solinsa, axborot siyosati bo‘yicha erishilgan katta o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. Davlat mustaqilligining ilk yillaridayoq bosh Qomusimizda har kimning fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi, har kimning istalgan axborotni izlashi, olishi va tarqatishga bo‘lgan huquqi aks ettirildi.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari kabi eng muhim sohaviy qonunlarni qabul qilindi.
O‘tgan davrda sohaga oid qonunchilik bosqichma-bosqich takomillashdi, Prezident tomonidan axborot sohasiga tegishli bir necha muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilindi. Ayniqsa, oxirgi 5-6 yilda ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlik va blogerlik faoliyatini kengaytirish, media-bozorda axborot ishtirokchilariga teng sharoitlar yaratish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda akkreditatsiya qilinib, ularning mamlakatda erkin faoliyat yuritishlari uchun huquqiy zamin yaratildi.
Qolaversa, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda Davlatning so‘z erkinligini hamda axborotni izlash, olish va tarqatish huquqini kafolatlash borasida aholini Internet bilan ta’minlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishi ham
O‘zbekistonning so‘z erkinligini ta’minlashdagi ortga qaytmas irodasini ifoda etdi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...