“Sun’iy intellekt texnologiyalari: qonunchilik, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

254
Меньше минуты
“Sun’iy intellekt texnologiyalari: qonunchilik, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari”  mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi
Joriy yilning 5-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Raqamli texnologiyalar hamkorligida “Sun’iy intellekt texnologiyalari: qonunchilik, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro hamkorlik istiqbollari”  mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilindi. Konferensiya ishida deputatlar, vazirlik xodimlari hamda sun'iy intellekt sohasida katta tajribaga ega xalqaro ekspertlar ishtirok etishdi. Konferensiya quyidagi maqsadlarda tashkil qilindi, jumladan:
Sun’iy intellekt sohasida qonunchilikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish;
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ko‘rib chiqish;
Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
Milliy va xorijiy ekspertlar o‘rtasida barqaror muloqot mexanizmini shakllantirish.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...