Qonun bilan yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, Ma’muriy-hududiy birliklar davlat reyestrining axborot tizimini takomillashtirishga, yer osti suvlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olishga, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga va yer osti suv resurslaridan oqilona foydalanilish nazarda tutilmoqda.
“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-76-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Deputatlar yangi nom bilan kirgan — “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Qonun kreditorlarning garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini ta’minlashga, garov narsasini suddan tashqari tartibda realizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga, majburiyatlarni garovga qo‘yilgan mol-mulk hisobidan undirish jarayonlarini soddalashtirishga va kredit tashkilotlarining kredit portfelidagi muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.
Qonun bilan yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tashkiloti oldidagi majburiyatini bajarish bo‘yicha kafolatlar (kafilliklar) berish orqali tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarni tashkil etish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.