“15-1-modda. Bosh muharrir
Bosh muharrir nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiladigan, nashriyotning mavzu rejalari ishlab chiqilishi hamda nashrlarning qonunchilik talablariga, noshirlik faoliyati sohasidagi texnik reglamentlar (milliy standartlar) talablariga muvofiq tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxsdir.
Bosh muharrir lavozimiga oliy maʼlumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanadi. Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.
Bosh muharrir nashriyotning ijodiy faoliyati uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Bosh muharrir nashrlarning mavzu yoʻnalishlaridan kelib chiqib, tegishli ekspertlar va olimlarning yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining taqrizlarini mustaqil ravishda olishga yoki muallifdan (mualliflardan) ularning taqdim etilishini talab qilishga haqli.
Qonun noshirlik mahsulotlarining qonunchilikka muvofiq sifatli chop etilishiga hamda jamiyatda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.