Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish yuzasidan qonun

1
1 минута
 Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish yuzasidan qonun
2025-yil 6-avgust kuni Prezident Sh. Mirziyoyev tomonidan "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida"gi Qonunga imzo qo'ydi. Qonun bilan hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, hayvonlarning hisobini yuritish, ularning nasli va sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizimda jamlash nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, sohaga mas’ul bo‘lgan organlarning vakolatlari, hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarning va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab qo‘yilmoqda. O‘z o‘rnida hayvon egalarining manfaatdorligi va mas’uliyati oshirilmoqda.
Mazkur Qonunda hayvonlarning egalaridan to‘lov undirmasdan ularni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish tartibi va bosqichlarini belgilash hamda hayvon egalarining huquqlari va sohaga mas’ul bo‘lgan vakolatli davlat organining majburiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan normalar o‘z aksini topdi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi  chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarga sifatli chorva mahsulotlari yetkazib berish, veterinar osoyishtalikni ta’minlash hamda hayvonlarning hisobini yuritishda qonunniy asosga ega tizim yaratilishiga xizmat qiladi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...