
Yangi qonunda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ma’muriy jazo, ba'zaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha jarima yoki o‘n besh kungacha ma’muriy qamoq jazosi.
Jinoiy jazo, huquqbuzarlikning og‘irlik darajasiga qarab ba'zaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yetmish baravarigacha jarima jarimaga, uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlariga yoki bir yildan ikki yilgacha ahloq tuzatish ishlariga tortiladi. Shuningdek, jazo bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Ushbu qonun bolalarni har qanday zo‘ravonlik va shafqatsiz munosabatlardan himoya qilish uchun samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishga qaratilgan. Qattiq jazo choralari bu kabi xatti-harakatlarning oldini olish va bolalarning xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga, shuningdek, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni va hurmat madaniyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Qonun davlatning o‘sib kelayotgan avlod uchun har tomonlama xavfsiz sharoit yaratishga intilishini ifodalaydi, u yerda har bir bolaning huquqlari ishonchli himoya qilinadi. Qabul qilingan chora-tadbirlar nafaqat mavjud muammolarga qarshi kurashishga, balki kelajakdagi zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga ham imkon beradi. Bu bolalar tahdidsiz ulg‘ayib, rivojlanishi mumkin bo‘lgan jamiyatni shakllantirishga qaratilgan.