Ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarish tartibi o'zgarmoqda

388
1 минута
 Ortiqcha undirilgan soliq summasini qaytarish tartibi o'zgarmoqda
"O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga soliq munosabatlaridagi elektron hujjatda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullaridan foydalanishga taalluqli o‘zgartirishlar, shuningdek ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibini yanada soddalashtirishga, ayrim toifadagi shaxslarga soliq imtiyozlarini berish hamda soliq ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Belgilanishicha, Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan shaxslarni hamda mahalla servis kompaniyalarini rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash, suv hajmi bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantirish tartibini joriy etish orqali soliq ma’murchiligi yanada takomillashtirildi.

  • Комментарии
Загрузка комментариев...