“Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

1158
1 минута
“Aholiga psixologik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
     Qonunning asosiy vazifalari etib aholining ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash, shaxsga tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, ularning ijtimoiy moslashishi va reabilitatsiyasida yordam ko‘rsatish, shaxsiy rivojlanish, o‘zini ifoda eta olishga ko‘maklashish belgilanmoqda.
     Psixologik yordam turlari jumlasiga psixologik profilaktika, ko‘rik, reabilitatsiya, korreksiya, maslahat va trening kiritilmoqda.
     Shu bilan birga Qonunda Davlat tomonidan bepul psixologik yordam ko‘rsatiladigan shaxslar toifasi belgilanmoqda. Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, favqulodda holatdan va favqulodda vaziyatlar ta’sirida bo‘lganlar, terrorchilik harakati natijasida jabrlangan shaxslar, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz va nogironligi bor shaxslarga va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga.
Qolaversa yangi Qonun bilan aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasi ishtirokchilari, ularning huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Qonun 2025-yil 6-fevralda kuchga kiradi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...