2025-yil uchun Davlat byudjeti Parlamentda birinchi o'qishda ko'rib chiqildi
2025-yil uchun Davlat byudjeti Parlamentda birinchi o'qishda ko'rib chiqildi
Play
2024-yil 26-noyabr kuni 2025-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi konseptual jihatdan ko'rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, 2025-yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida davlatning fuqarolar oldidagi barcha ijtimoiy majburiyatlarini bajarish uchun yetarli miqdorda mablag‘ ajratilgan, shu jumladan ish haqi, pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida to‘lash hamda inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib borish ko‘zda tutilgan. Loyihada aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish uchun Davlat budjeti xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolinmoqda. Xususan, kambag‘allikni qisqartirishga jami 22 trln. sum mablag‘ ajratilmoqda. Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag‘larning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan choralar loyihada o‘z aksini topgan. Qonun loyihasida (https://t.me/qonunchilikpalatasi/23907https://t.me/qonunchilikpalatasi/23907) 2025-yil uchun asosiy soliq stavkalarini o‘zgartirmasdan saqlab qolish, “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali daromadlar bazasini kengaytirish, soliq, bojxona va budjet siyosatini bosqichma-bosqich Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilgan.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati kelgusi yilda 2024-yilga nisbatan 6 foiz va aholi jon boshiga 3251 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, o‘sish sur’atlari sanoatda 6,1 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,1 foiz, bozor xizmatlarida 14,5 foiz, qurilishda 14,2 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Inflyatsiya darajasi 7 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Loyihada “Natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida budjet xarajatlarini rivojlantirish dasturlariga muvofiq amalga oshirish, tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan tadbirlar deputatlar e’tiborida bo‘ldi. Xususan, kelgusi yildan tashabbusli budjet jarayonida majburiy ovoz to‘plashga qarshi aniq choralar belgilanadi. Bundan tashqari, loyihada o‘rta muddatda yashil budjetlashtirish islohotlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan.