Yurtimizda atmosfera havosi ifloslanishi to'g'risida gap yuritamiz

1
1 минута
Yurtimizda atmosfera havosi ifloslanishi to'g'risida gap yuritamiz
So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ekologik muammolar keskinlashib borayotgani kabi, atmosfera havosining ifloslanishi O‘zbekiston uchun ham dolzarb masalalardan biriga aylandi. Aholi sonining o‘sishi, shaharsozlik jarayonlarining jadallashuvi, sanoat korxonalarining ko‘payishi, avtomobillar sonining ortishi hamda iqlim o‘zgarishining ta’siri havoning sifatini yomonlashtirmoqda. Havo sifati esa inson salomatligi, iqtisodiyot va atrof-muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan eng muhim omillardandir. Shu sababli atmosferani muhofaza qilish, chiqindi gazlar miqdorini kamaytirish, ekologik nazoratni kuchaytirish hozirgi kunning ustuvor vazifalari qatoridan joy olgan.
Shu sababli Prezidentimizning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, Toshkentda qurilish uchun ajratilgan 500 m² va undan ortiq maydonlarda kompleks tekshiruvlar o‘tkazilib, maydonlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani, suv purkagichlar o‘rnatilgani, kirish-chiqish yo‘llarida avtotransport g‘ildiraklarini yuvish hovuzlarining mavjudligi tekshiriladi. Chang va qumning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik talablari qat’iy nazoratga olinadi.

Shuningdek, maydoni 1 000 m²dan ortiq obyektlarda monitoring uskunalarini o‘rnatish va ularni Ekologiya qo‘mitasiga integratsiya qilish qurilishni davom ettirishning asosiy sharti etib belgilandi. Yo‘l bo‘ylarida daraxt va butalarni muntazam yuvish, ko‘p kvartirali uylarda sug‘orish uchun rezervuarlar o‘rnatish choralari ko‘riladi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrining to‘rt yo‘nalishi bo‘ylab kamida uchtadan sun’iy ko‘l va suv havzasi barpo etiladi. Toshkentdagi favvoralar sonini kamida ikki baravarga ko‘paytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Bu esa mikroiqlim barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, 2025-yil oxirigacha atmosfera nazorati to‘liq modernizatsiya qilinadi. 347 ta avtomatlashtirilgan stansiya xarid qilinib, “Air Monitoring Tashkent” tizimi Ekologiya qo‘mitasi boshqaruviga o‘tkaziladi va umummilliy “Air Monitoring Uzbekistan” platformasiga integratsiya qilinadi. Gidrometeorologiya xizmati stansiyalari va “Zamin” fondi o‘rnatgan postlar ham yagona monitoring tizimiga ulanadi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...