Voyaga yetmaganlarga jazo muddati tugagandan so'ng yengillik beriladi

222
1 минута
Voyaga yetmaganlarga jazo muddati tugagandan so'ng yengillik beriladi
"Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun qabul qilindi.
Qonun bilan shaxsning voyaga yetmagan davrida sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida o‘z jazosini to‘liq o‘tab bo‘lgandan so‘ng, uning oqibatlari kelgusi hayotiga ta’sir qilmasligi va o‘z hayotini yangitdan boshlashi uchun imkoniyat berilishini ta’minlash maqsadida voyaga yetguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs sudlanmagan deb hisoblanishi belgilanmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash hamda ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng kam muddati 6 oydan 1 oyga qisqartirilmoqda.
Qonun voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligini yanada liberallashtirishga xizmat qiladi va oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun jazoni oʻtab boʻlgan shaxsga hayotini sudlanganlik tamgʻasidan holi tarzda davom ettirishi uchun sharoit yaratadi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...