Navbatdagi «MediaCamp.uz» – Jamoatchilik muhokamasi maydonchasi tashkil etildi

1 минута
Navbatdagi «MediaCamp.uz» – Jamoatchilik muhokamasi maydonchasi tashkil etildi
So‘nggi yillarda yurtimizda inson huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, davlat va jamiyat hayotiga oid muhim qarorlarni qabul qilishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish va bu orqali vakillik hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan “Elektron jamoaviy murojaatlarning vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashdagi o‘rni: nazariy va huquqiy asoslar” mavzusida «MediaCamp.uz» – Jamoatchilik muhokamasi maydonchasi tashkil etildi. Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, Jamoatchilik kengashi a’zolari, axborot sohasi ekspertlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari hamda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar ekspertlar tomonidan demokratik davlatlarda elektron jamoaviy murojaatlar ochiqlikni ta’minlash vositasi sifatida xalqaro tajriba bilan tanishtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning davomi sifatida “Mening fikrim” portali faoliyatini yanada takomillashtirish hamda uning faoliyatiga vakillik organlari va fuqarolik jamiyati institutlarini kengroq jalb etish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda elektron jamoaviy murojaatlar vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan tadbirda ishtirokchilar elektron jamoaviy murojaatlarning vakillik organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashidagi roli to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...