MeidaCamp loyihasi amalga oshirildi. Xalqaro seminar-trening
Mening parlamentim
1
1 минута
Fuqarolarning elektron ishtirokini faollashtirish jarayonlariga ko‘maklashish, o‘tkazilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni muhokama qilish maqsadida MediaCamp doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari uchun "Fuqarolarning inklyuziv elektron ishtiroki: raqamli axborot muhitida ishonch va ochiqlikni mustahkamlash va OAV bilan hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida seminar tashkil qilindi. Mazkur seminar YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda tashkil qilingan bo'lib, unda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy raqamli platformalar orqali fuqarolar fikrini samarali jalb qilish, ochiq ma’lumotlar bilan ishlash, davlat organlari va aholining o‘zaro muloqotida ishonchni oshirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar o‘rgatildi. Tadbir davomida shuningdek mediaga axborotni aniq va tushunarli yetkazish, raqamli kommunikatsiyada shaffoflik standartlari, ijtimoiy tarmoqlarda konstruktiv muhokamani qo‘llab-quvvatlash hamda OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.