Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, davlat sirlari, davlat tomonidan qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish, favqulodda holat rejimini saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirishga, kelishishga, tasdiqlashga va bajarishga taalluqli munosabatlar tartibga solinadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov javob berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2025-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.