bir-biridan ajratilganligi sababli 9 ta kodeks va 69 ta qonun qayta ko‘rib chiqilib, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan vakolatlar mahalliy vakillik va ijro organlari o‘rtasida ixtisoslashtirish nazarda tutilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari kuchli kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim tamoyili asosida vakillik va ijro organlari o‘rtasida aniq taqsimlanayotganligi, mahalliy Kengash va hokimliklarning faoliyatiga xos bo‘lmagan va respublika ijro etuvchi organlar vakolatlariga oid takrorlanuvchi 8 ta vazifa bekor qilinmoqda. Qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarining keyingi bosqichi amalga oshirilishiga, Konstitutsiyada belgilangan hokimlar va xalq deputatlari Kengashlari vakolatlari taqsimlanishiga asoslangan davlat hokimiyatini tashkil etishning yangi modelining to‘liq amalga oshishiga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.