Sun’iy intellektni oʻrganganlarga $1000, xorijga sayohat, noutbuk va hatto maktablar uchun elektromobil beriladi

184
Меньше минуты
Sun’iy intellektni oʻrganganlarga $1000, xorijga sayohat, noutbuk va hatto maktablar uchun elektromobil beriladi
2025-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va koʻnikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yoʻnaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 849-sonli qarori imzolandi. Qarorga koʻra “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida eng yuqori natijaga erishgan 100 nafar oʻqituvchi 1000 AQSH dollari ekvivalentida pul mukofoti, 10 nafar oʻqituvchi xorijiy sayohatga yoʻllanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va yana shuncha yoshlar qimmatbaho sovgʻalar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovgʻasi” – elektromobil bilan taqdirlanadi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...