Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo‘la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini, shuningdek ularga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun teng shart-sharoitlar yaratishdan, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashdan, jamiyatda diniy bag‘rikenglikni va dunyoviylikni ta’minlashdan iborat.
Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxsning transport vositasini boshqarishi uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo'lishi mumkin.
2025-yil 14-fevraldan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi yangi qonun kuchga kirdi. Unga ko'ra homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bog‘liq sababga ko‘ra nafaqat ishga qabul qilishni rad etish yoki ish haqini kamaytirish, balki ishdan bo‘shatish ham taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.
Aholining keng qatlamlari uchun bozor prinsiplariga asoslangan ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida garov shartnomasi va garov xati bo‘yicha huquqlarni rasmiylashtirish, ularni ro‘yxatga olish va uchinchi shaxslarga berish jarayonlarini takomillashtirilmoqda.