Qonunga bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar qatoriga Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ham kiritildi. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilangan. bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar qatoriga Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ham kiritildi. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanishi taklif etilmoqda. Ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan shaxslarning doirasi kengaytirilmoqda.
Bundan tashqari, Qonunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Ota-onalarning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) bolalarni tarbiyalash usullari mensimaslik, shafqatsizlik, qo‘pollikdan, insoniy qadr-qimmatni kamsituvchi muomaladan, bolalarni haqoratlash yoki ekspluatatsiya qilishdan xoli bo‘lishi kerakligi belgilab qo‘yilmoqda. Shu bilan birga, zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonuniga tegishli qo‘shimcha kiritiladi.