YXHT Parlament Assambleyasining qishki sessiyasi bo'lib o'tdi

101
1 минута
YXHT Parlament Assambleyasining qishki sessiyasi bo'lib o'tdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xabariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Vena shahrida bo‘lib o‘tgan YXHT Parlament Assambleyasining qishki sessiyasida ishtirok etgan.

Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari tomonidan mamlakatimizda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida olib borilayotgan tizimli islohotlar, yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumot berilgan.

Shuningdek, fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, innovatsiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy ilmiy-texnologik yutuqlarni tatbiq qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilgan. Jumladan, Avstriya parlamenti rahbariyati, AQSH Kongressi Senati vakillari, Shvetsiya parlamenti a’zolari, YXHT Parlament Assambleyasi hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Parlament Assambleyasi bosh kotiblari va boshqa rasmiy delegatsiyalar bilan samarali muloqotlar bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvlar davomida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli tashabbuslarni kengaytirish, shuningdek, mavjud aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilgan.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...