Yangilanayotgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari erkinligi kafolatlanmoqda

411
2 минуты
Yangilanayotgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalari erkinligi kafolatlanmoqda
2023-yil 31-martdan 12-aprelgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlik guruhi va O‘zbekiston Respublika Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi vakillari bilan birgalikda Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolar, kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan qator uchrashuv va tadbirlar o‘tkazdi.

Hududga tashrif qishdan maqsad-davlat va jamiyatni rivojlantirish sohasidagi eng muhim qonunlarning huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish, parlamentning fuqarolar bilan yaqin hamkorligi mexanizmlarini qo'llab-quvvatlash hamda rivojlantirish va boshqalar.

Deputatlar va Jamoatchilik Kengashi vakillari tadbirlar davomida ko'tarilgan masalalarga batafsil javob berib, qabul qilinayotgan Konstitutsiya O'zbekistonning barqaror rivojlanishini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash kafolatlarining mustahkam huquqiy asoslarini shakllantirish, xususan, davlat tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligini ta'minlash, axborot olish, izlash, ulardan foydalanish va tarqatish huquqlarini kafolatlash muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalari erkinligini kafolatlashi, ularnung faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi ta’kidlandi. Ommaviy axborot vositalarining yanada faol bo‘lishi uchun ularga keng imkoniyatlar yaratilib, davlat tomonidan himoya qilinmoqda. Konstitutsiyamizga kiritilayotgan normalar mamlakatimizda so‘z va axborot erkinligini oshirish, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashga xizmat qilishi nazarda tutilmoqda.

Tadbirda so'zga chiqqan ma’ruzachilar asosiy qonunimizning yangi tahririni tayyorlash jarayoni ochiq va shaffof bo'lib, xalqimizning fikri va irodasini aks ettirganini, so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ruhini ifoda etganini, eng muhimi, insonning qadr-qimmati va himoyasini o‘zida ifoda etuvchi muhim hujjat ekanini ta'kidladi.

O'tkazilgan barcha uchrashuvlar fuqarolarning ochiq va samimiyligi, faol ishtiroki bilan ajralib turdi, tadbirlar davomida 30 aprel kuni mamlakatimizning Yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bo'yicha umumxalq referendumini o'tkazish masalalari asosiy muhokama mavzusiga aylandi.

Tadbir ishtirokchilariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot berildi.
  • Комментарии
Загрузка комментариев...